"CHimaev bilan juftlikda ishlamadik. CHunki, ikkimizning ham jangimiz bir kunda bo'lgani uchun jarohat olishni istamadik. U ham o'zini sheriklari bilan, men ham o'zimning sparring sheriklarim bilan tayyorgarlik ko'rdik. U 5, men esa 3 raundlik sparringlar o'tkazdim. Baysangur mening sparring sherigim edi", deydi Ro'ziboev SportUz.Net muxbiri Sarvinoz Raxmonqulova bilan suhbatda.