SportUz.Net
photo photo
iks
ads

CHel Sonnen: "O'n yoshli o'g'lim Dyu Plessiga CHimaev muammosini hal qilishda yordam berishi mumkin"

24.08.2025 18:15    


Rasmni yuklab olish

UFC afsonasi CHel Sonnen Drikus Dyu Plessi va Xamzat CHimaev o'rtasidagi chempionlik jangini tahlil qilib berdi.

Sonnen Drikusning murabbiyi bergan intervyusini tinglab, janubiy afrikalik jangchining jamoasi hal qilinishi kerak bo'lgan muammoning mohiyatini to'liq tushunmayapti, degan xulosaga keldi.

"Drikus va uning murabbiylar shtabi CHimaev muammosini hal qilish u yoqda tursin, hatto yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarning mohiyatini ham tushunmayapti. Bu meni biroz havotirga solmoqda, chunki aslida gap bitta texnika haqida ketmoqda - raqibning ikki oyoqqa tashlanib, ushlab olishidan himoyalanish. Texnika nuqtai nazaridan, bu o'tishni to'xtatish juda oson. Ha, bu juda ko'p kuch va energiyani talab qiladi, lekin texnikaning o'zi oddiy. Uni o'zlashtirish uchun jahon yoki Olimpiada chempioni bo'lish kerak emas. O'g'lim o'n yoshda va u buni amalga oshira oladi. Agar bu yordam bersa, men uni taqdim etishim mumkin" - dedi Sonnen o'zining YouTube kanalida.

Avvalroq, Dyu Plessining murabbiyi Morne Visser kelasi yil boshida oktagonga qaytishi, mashg'ulotlarda esa kurash texnikasidagi bo'shliqlarni to'ldira olishiga ishonishini aytgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: