SportUz.Net
photo photo
iks
ads

Murodjon Ahmadaliev Inoue bilan jang uchun Yaponiyaga jo'nab ketdi (FOTO)

24.08.2025 17:12    


Rasmni yuklab olish

Professional bokschimiz mutlaq jahon chempionlik kamari uchun kechadigan jangga tayyorgarlikning AQSH bosqichini yakunlab, Kunchiqar yurtga yo'l oldi.

CHarm qo'lqop ustamiz 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida ikkinchi eng engil vazn toifasining yaponiyalik mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga ko'tariladi.

Ahmadaliev hamkorlik qiluvchi "Mir Boksa" menejerlik kompaniyasining malum qilishicha, Murodjon AQSHdagi mashg'ulotlarni yakunlab, Yaponiyaga jo'nab ketdi. Iqlimga moslashish, vazn tashlash va so'nggi engil mashg'ulotlar Kunchiqar yurtda davom ettiriladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: