SportUz.Net
photo photo
iks
ads

Maxachev Della Maddalenaga qarshi jangdagi asosiy qiyinchilik nima bo'lishini aytdi

24.08.2025 15:48    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC chempioni Islam Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi jangdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

— Xabib sen uchun bu juda og'ir jang bo'lishini aytdi...

— Bilasanmi, bu qanday bo'ladi? Agar CHimaev dyu Plessiga erkin harakat qilish imkoniyatini berganida, juda raqobatli jang chiqardi. Menda ham xuddi shunday. Agar Della Maddalenaga tik holatda erkin ishlashga imkon berilsa, u yaxshi jang ko'rsatishi mumkin. Ammo sir emas — men uni erga yiqitaman, nazorat qilaman, charchataman, o'z uslubimni o'tkazaman.

Xabib nega bunaqa dedi? CHunki bu biz uchun yangi chorlov — yangi vazn. Biz oldin bunday qilmaganmiz, yuqori vaznga o'tib jang qilish boshqa tayyorgarlikni talab qiladi. Boshqa sparring sheriklari, boshqa mashg'ulotlar kerak. Hozir juda ko'p narsani o'zgartirishga to'g'ri kelmoqda, — dedi Maxachev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: