Oqshomning markaziy to'qnashuvi engil vazn chempioni, rossiyalik Usman Nurmagomedov hamda Irlandiya vakili Pol Xyuz o'rtasida kechadi. Jang revansh maqomida bo'ladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamov ham oktagonga ko'tariladi. 32 yashar hamyurtimizga turnir doirasida jazoirlik Asael Ajuj raqib bo'ladi. Jang prelim karddan o'rin olgan.
Malumot uchun, Axtamov faoliyati davomida hozirga qadar 10 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba, 1 tadan mag'lubiyat va durang qayd etgan. 26 yoshli Ajuj hisobida esa 10 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
"Hammasi shundan" - Maxachev AQSH MMAsi inqirozi nima bilan bog'liqligini tushuntirdi
"UFC Maxachev-CHimaev jangining o'tkazilishiga yo'l qo'ymaydi" - Islamning jamoadoshi