MMA olamida katta voqelik: Paramount kompaniyasi UFC’ning barcha turnirlarini translyaciya qilish huquqini olib, etti yillik shartnoma imzoladi.
Nima o'zgaradi va bu qanchalik muhim?
Paramount etti yil davomida ESPN’ga nisbatan 7 baravar ko'p to'laydi va Oq uyda o'tadigan turnirni bepul namoyish qiladi.
Paramount mediaxoldingi AQSH hududida UFC’ning barcha turnirlarini eksklyuziv translyaciya qilish huquqiga ega bo'ladi. Yil davomida bu 13 ta raqamli (PPV) turnir va 30 ta Fight Night shouni o'z ichiga oladi. Barcha turnirlar faqat Paramount+ striming platformasida namoyish etiladi. Ayrim yirik raqamli turnirlar ananaviy televidenie tomoshabinlari uchun CBS telekanalida bepul ko'rsatiladi.
Masalan, liga 2026 yilda o'tkazishni rejalashtirayotgan Oq uydagi turnir ham shunday formatda bo'ladi:
"Ehtimol, bu [bepul translyaciya] CBS’da namoyish etiladi. Tasavvur qiling: Oq uydagi turnir, to'g'ridan-to'g'ri efir, bepul, CBS orqali. Biz yiliga to'rtta yirik turnirni CBS’da o'tkazamiz, jumladan, kelasi yil 4 iyulda Amerika mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlangan Oq uy turniri ham shulardan biri".
SHartnomaga ko'ra, UFC mediahuquqlardan yiliga $1,1 mlrd, umumiy hisobda $7,7 mlrd daromad oladi. Bu ESPN bilan amal qilayotgan (2025 yil oxirigacha) shartnomaga nisbatan katta farq — hozirgi bitim bo'yicha liga yiliga 300 million dollar oladi.
Boshqa sport turlarida mediaxuquqlardan tushadigan daromadlar:
UFC prezidenti Dena Uayt albatta kelishuvdan juda mamnun:
"Bu UFC’ni dunyodagi eng yirik sport turlari qatoriga qo'yadi. Paramount va CBS tarmoqlari orqali qamrov — bizning sportchilarimiz va muxlislarimiz uchun katta yutuq".
Paramount ham bitimdan xursand. Kompaniya har yili striming xizmatini kengaytirmoqda. Paramount+ kino, seriallar va AQSH telekanallaridan tashqari, CHempionlar Ligasi va NFL o'yinlarini ham namoyish etadi.
UFC PPV modelidan voz kechdi — endi AQSHda janglarni ko'rish arzonlashadi
Uzoq yillar davomida UFC’ning asosiy daromad manbai PPV (Pay-Per-View — alohida to'lanadigan translyaciya) edi. Endi raqamli turnirlar Paramount+ obunasiga qo'shimcha to'lovsiz kiritiladi. UFC va Paramount bu tomoshabinlar sonini kengaytiradi va liga mashhurligini yanada oshiradi, deb hisoblaydi.
PPV tizimi qanday ishlagan? Tomoshabinlar oylik yoki yillik obunani emas, balki alohida jang yoki turnirni sotib olardi. Masalan, UFC 319’dagi Drikus Dyu Plessi — Xamzat CHimaev jangi PPV formatida 42 dollarga taklif qilinadi. 2026 yildan boshlab AQSHda UFC ko'rish arzonlashadi — Paramount+ oylik obunasi $7,99, reklamasiz talqin $12,99.
UFC’ning eng ko'p sotilgan turnirlari: 2 milliondan ortiq sotuv faqat bir marta bo'lgan, sotuvlar bo'yicha rekordchi — Konor Makgregor.
TKO (UFC qaraydigan kompaniya) prezidenti Mark SHapiro PPV’ni "muxlislar uchun to'siq" deb atadi:
"Bu eskirgan model. Hozir platforma orqali nima ko'rsatishadi? Bazan tun yarmida boshlanadigan katta boks jangi, yoki DirecTV’da filmlar... Bu — muxlislar uchun devor, to'siq".
Dana Uayt aytishicha, PPV butunlay yo'qolmaydi, lekin kamayadi:
"SHartnomada PPV yo'q. Lekin bazi hollarda — masalan, kutilmagan katta jang paydo bo'lsa — biz uni alohida PPV sifatida qilamiz. PPV o'lmagan".
Jangchilar uchun nimalar o'zgaradi? Boshqa mamlakatlardagi translyaciyalar masalasi qanday bo'ladi?
Hozir ko'plab UFC yulduzlari PPV sotuvidan foiz oladi. Yangi shartnoma ularning shartlariga qanday tasir qiladi — hozircha malum emas, ammo SHapiro bu orqali jangchilar ham xursand bo'lishini aytdi. Paramount+’ning hozirda 77 mln obunachisi bor, ular yordamida auditoriya 300 mln ga chiqishi mumkin.
Xalqaro translyaciyalar hozircha o'zgarmaydi. Paramount Global bitimi faqat AQSHni qamrab oladi. UFC Fight Pass butun dunyoda (AQSHdan tashqari) ishlaydi.
Paramount kelgusida xalqaro huquqlarni ham o'rganmoqchi, ammo bu bosqichma-bosqich amalga oshadi.
Bitim arafasidagi boshqa voqealar:
Bir necha kun oldin Paramount 2006 yilda asos solingan Skydance kompaniyasi bilan $8 mlrdlik birlashish jarayonini yakunladi. Skydance kino, serial, video o'yin va sport kontenti ishlab chiqaradi. UFC huquqlarini olish — birlashgan kompaniyaning ilk yirik strategik qadami sifatida baholandi.
UFC avval bir nechta nomzodlar bilan muzokara olib borgan. Paramount va Skydance birlashishi esa bitimni tezlashtirdi. Avval UFC paketni bo'lish (Fight Night va raqamli turnirlar uchun turli sheriklar) variantlarini ko'rgan, ammo Paramount barcha huquqlarni olmoqchi bo'ldi.
Oxirgi yillarda UFC moliyaviy jihatdan yaxshi holatda. 2021 yilda rekord darajadagi homiylik daromadlari qayd etildi va 14 ta yangi xalqaro media bitim imzolandi. 2022 yilda yillik daromad $1,140 mlrd, 2023 yilda $1,3 mlrd, 2024 yilda $1,406 mlrd bo'ldi.
sports.ru sayti asosida tayyorlandi