Don King superog'ir vaznda WBA Regular chempioni bolgariyalik Kubrat Pulev hamda majburiy davogar Maykl Xanter o'rtasidagi jangni elon qildi. Ushbu 12 raundlik jang 4 oktyabr kuni AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi. Turnir Don King Productions promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilyapti.
King promouterlik savdosini yutib olgan. Bir muddat avval Xanterning 11 sentyabr kuni Las-Vegas shahrida o'tkazilaligan "Kanelo-Krouford" oqshomida Jarrell Millerga qarshi ringga chiqishi aytilgandi.
SHuningdek, 4 oktyabr kungi professional boks turnirida Edrien Broner, Noel Mikaelyan va Bleyr Kobbs ham o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishadi.