SportUz.Net

Usik WBO`dan majburiy himoya muddatini kechiktirishni so'radi

15.08.2025 18:45    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik Jahon boks tashkiloti (WBO)ga murojaat qildi.

Ukrainalik chempioni Jozef Parkerga qarshi chempionlik kamarini majburiy himoya qilish muddatini kechiktirishni so'ragan. Bu haqda Parkerning manfaatlarini himoya qiluvchi promouter Frenk Uorren malum qildi.

"Taxminan bir oy oldin WBO vaqtinchalik chempionlik unvoniga ega bo'lgan Jozef Parker Aleksandr Usik bilan jang o'tkazishi kerakligini tasdiqlagan edi. Kecha ukrainalik himoya muddatini uzaytirishni so'rab xat yubordi, chunki u jarohat olgan... Ammo voqealar rivoji qanday bo'lishidan qati nazar, agar Usik chempionlikdan voz kechsa, Jozef Parker chempion bo'lishi aniq", - dedi Uorren Sky Sports efirida.  

Eslatib o'tamiz, WBO taxminan uch hafta oldin Usikdan Parker bilan muzokara boshlashni talab qilib, tomonlarga kelishuvga erishish uchun 30 kun muhlat bergandi. Bu muddat kelasi hafta tugaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: