Guskov Abu-Dabida o'tgan UFC turnirida rossiyalik Nikita Krilovni birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. Bogdan keyingi raqibi raqibi sobiq UFC chempioni Jamal Xill bo'lishiga ishonmoqda. Jamal ayni paytda divizion reytingining 6-pog'onasini band etgan.
"Bizda aniq fakt bo'yicha uch nafar raqib bor: Volkan Ozdemir, Yan Blaxovich va Jamal Xill. Ular orasida eng ideal variant – Xill bilan jang hisoblanadi. U sobiq chempion bo'lib, reytingi ham mendan yuqorida. Blaxovich yana ham balandda, lekin Yan Top-5`da va menimcha, u bilan jang o'tkazish imkoniyatim pastroq. Xill esa men uchun chempionlik yo'lidagi katta qadam bo'ladi. Avvaliga Top-10, keyin Top-5 reytingi vakili bilan jang va keyingi qadam chempionlik! Aynan shunday reja amalga oshsa, ajoyib ish bo'lar edi", – dedi Guskov.
Malumot uchun, Bogdan Guskov UFC promoushenida ketma-ket 4 ta jangda g'alaba qozondi. Janglarining barida raqiblarini muddatidan avval engdi. Jamal Xill esa iyun oyida ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. So'nggi jangida Xalil Rauntriga imkoniyatni boy berdi.