
Jalolov va Sokolovski 2022 yilda Dubayda to'qnash kelib, o'shanda Bahodir muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
"Raqiblarim ichida kim eng zo'r edi? Jalolov. U ajoyib harakatlar, yaxshi mahorat va kuchli zarbaga ega edi. U meni hayratda qoldirgan birinchi bokschi edi. Men buni birinchi marta u bilan jangda his qildim. U juda xavfli. O'ylaymanki, agarda to'g'ri promouter bo'lsa, Jalolov divizionni qo'lga olishi mumkin. Martin Bakole va Dillian Uayt katta va kuchli raqiblar edi, lekin Jalolov raqiblarim orasidagi eng zo'ri", deydi Sokolovski.