SportUz.Net

BUM! O'zbekistonlik sportchi Dana Uayt davogarlar seriyasida jang qiladi

06.08.2025 18:15    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik MMA jangchisi Azamat Nuftillaevda UFC'ga qo'shilish imkoni bor.

Bu haqda Nuftillaev hamkorlik qiluvchi Qozog'istonning Octagon MMA Ligasi xabar berdi.

Unga ko'ra, Octagon League'ning og'ir vazn toifasidagi vaqtinchalik chempioni Nuftillaev Dana White Contender Series'da jang qilish uchun shartnoma olgan. Raqib va jang sanasi keyinroq elon qilinadi.

SHu tariqa, Azamat davogarlar seriyasida jang qilgan ikkinchi o'zbekistonlik atletga aylanishi mumkin. Bundan avval Anvar Boynazarov 2022 yildagi seriyada ishtirok etib, mag'lub bo'lgandi.

Malumot uchun, 31 yashar hamyurtimiz faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 17 ta g'alaba, bittadan mag'lubiyat va durang qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: