Bugun qita birinchiligining U 22 yosh toifasidagi bahslarida 1/2 final janglari o'tkazildi. Quvonarlisi, ushbu bosqichga etib kelgan 10 bokschimizdan 9 nafari raqiblarini ishonchli tarzda mag'lub etishdi. Bu bilan o'zbekistonlik bokschilar eng ko'p ishtirokchi bilan finalga yo'l olishdi.
-50 kg vaznda mezbonlar vakili Thitivat Phlongauraiga qarshi ringga ko'tarilgan Behruz Xoldorov murosasiz bahsda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, Osiyo chempionatining bronza medali bilan taqdirlanadigan bo'ldi. To'rtta jangda bokschilarimiz raqiblarini texnik nokautga uchratishdi. To'qqiz nafar bokschimiz 11 avgust kuni Osiyo chempionligi uchun ringga ko'tariladi.
Bokschilarimizning bugungi natijalari:
-50 kg: Behruz Xoldorov - Thitivat Phlongaurai (Tailand) 2:3
-55 kg: Samandar Olimov - Jinseong Hong (Koreya Respublikasi) 1-raundda nokaut
-60 kg: SHoxrux Abdumalikov - Harsh (Hindiston) 5:0
-65 kg: Sayat Ilyasov - Damdindorg Pusevdorj (Mo'g'uliston) 2-raundda texnik nokaut
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Moeto Kavamura (Yaponiya) 5:0
-75 kg: SHavkatjon Boltaev - Thananchai Phoemsap (Tailand) 5:0
-80 kg: Rahmatullo Boymatov - Haoran Du (Xitoy) 5:0
-85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - CHaneong Nam (Koreya Respublikasi) 2-raundda texnik nokaut
-90 kg: SHahzod Polvonov - Mayur (Hindiston) 4:1
+90 kg: Halimjon Mamasoliev - Yooseung SHin (Koreya Respublikasi) 2-raundda texnik nokaut