SportUz.Net

Murodjon Ahmadaliev: "CHempionning uyiga borib, kamarlarini olib kelish kerak"

06.08.2025 16:06    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning ikkinchi eng engil vaznida WBA yo'nalishi bo'yicha o'zbekistonlik vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadaliev bo'lajak raqibi Naoya Inoue bilan jang haqida gapirdi.

"Professional faoliyatimga nazar tashlasangiz, men o'z uyimda faqat bir marta jang qilganimni ko'rishingiz mumkin. Meksika, Nyu-York, Puerto-Riko, Xitoyda bo'lganman, AQSHda ko'plab amerikaliklar bilan jang qilganman. Men uchun qaergadir borib jang qilish hech qanday muammo emas. Buyuk jangchilargina shunday qiladi. CHempionning uyiga borib, unvonini olish kerak. Yirtqichlarga kelsak, boksda yirtqichlar yo'q. Men o'zimni hech qachon bunday deb atamagan bo'lardim. Menimcha, bu raqibimga ham tegishli emas. Hammamiz insonlarmiz", deydi Ahmadaliev.

Eslatib o'tamiz, Murodjon Ahmadaliev va Naoya Inoue o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Nagoya (Yaponiya) shahrida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: