SportUz.Net

"Jon Jons Aspinalldan qo'rqib MMAdan ketgani yo'q" - murabbiy

06.08.2025 13:09    


Rasmni yuklab olish

AQSHdagi mashhur AKA zalining murabbiyi Xaver Mendesning fikricha, Jon Jons Tom Aspinallga qarshi jangdan qochmagan, uning qarorining sababi qo'rquv emas.

"Tomonlar o'rtasida muzokaralar jarayonida juda ko'p narsalar yuz beradi. Va hech qachon aniq bilmaysan — qaeri haqiqat, qaeri bo'rttirma. Men jangchilarni yillar davomida tayyorlab kelgan inson sifatida bir narsani bilaman — bu yigitlar hech kimdan qo'rqmaydi. Jangchi — jangchi bo'ladi.

Bazida jangga chiqmaslikning sababi raqib emas, boshqa omillar bo'ladi. Balki ularga to'g'ri gonorar taklif qilinmagan yoki boshqa shartlar maqul bo'lmagan. Lekin masala hech qachon raqibda bo'lmaydi. Men hech qachon haqiqiy jangchi kimdandir atayin qochishiga ishonmayman", — dedi Mendes MMAJunkie nashriga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: