SportUz.Net

Lobov - Zubayra bilan jang haqida: "Bu pul uchun emas"

06.08.2025 09:21    


Rasmni yuklab olish

Avval xabar berganimizdek, rossiyalik Zubayra Tuxugov va Irlandiya vakili Artyom Lobov 3 oktyabr kuni Dubayda jang qiladi.

2018 yilda UFC`dan haydalgan 38 yoshli Artyom Lobov bellashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu jang pul uchun emas. Bu jang aslida UFC'da bo'lishi kerak edi. Bu jang — shaxsiy hisob-kitob masalasi", dedi Lobov.

Ushbu bahsni amalga oshirish uchun ilk urinish 2018 yilda bo'lgandi. Aniqrog'i, 2018 yilning oktyabr oyida Kanadada tashkil etilgan turnirda ularning o'zaro jangi bo'lishi kerak edi. O'shanda Zubayra ham, Artyom ham UFC ligasida o'z janglarini o'tkazardi. Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor jamoalari o'rtasidagi o'sha mashhur bo'lib ketgan dahanaki jang sabab Tuxugov - Lobanov jangi bekor qilingan edi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: