
"Men Konor bilan jang qilganman, irland xalqi bilan emas. Bu ajoyib millat, ajoyib insonlar bor. Haqiqiy irlandlar menga muxlislik qilishganiga ishonaman. Bu aniq.
Men irlandiyaliklar bilan uchrashganimda, ular menga: "Bizga Konor yoqmaydi. Biz senga muxlislik qildik" deyishgan. Balki ular oldimda kibrli ko'rinishgandir, ammo ular juda yaxshi odamlar. Makgregorga faqatgina arenaga kelganlar va alkogol ichganlar muxlislik qilishgan. Ular qancha edi? 10 ming? Sakkiz million irland esa meni qo'llab-quvvatlagan. Bunga ishonaman", - dedi Xabib Nurmagomedov.