SportUz.Net

Mavlud Tifiev Gruziyada jang qildi

04.08.2025 10:39    


Rasmni yuklab olish

3 avgust tongida Gruziyaning Batumi shahrida MMA va kik-boks bo'yicha Integra FC 21 turniri o'tkazildi.

Musobaqa doirasida o'zbekistonlik taniqli muay-tay ustasi Mavlud Tifiev (1-1) eronlik Yaser Yasiniga (2-3-1) qarshi MMA jangini o'tkazdi. To'liq davom etgan bahsda eronlik sportchi ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi.

SHuningdek, turnirning markaziy jangida hamyurtimiz Ramziddin Omonov (5-4-1) mezbon yurt vakili Xamad Gunaevga (8-2) qarshi oktagonga chiqdi. Yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechgan bahsda gruziyalik tajribali sportchining qo'li baland keldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: