Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqa doirasida o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustasi Havasbek Asadullaev ham ringga ko'tariladi.
Andijonda tug'ilgan 25 yashar hamyurtimizga turnirda rossiyalik Vadim Lubsanov raqib bo'ladi.
Havasbek prof faoliyati davomida hozircha 3 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. 28 yoshli Vadim Lubsanov hisobida esa 11 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.