SportUz.Net

Bivol bilan trilogiya bekormi? Beterbiev jamoasi amerikalik bokschi bilan jang bo'yicha muzokara olib boryapti

04.08.2025 10:00    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning yarim og'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni, rossiyalik Artur Beterbievning navbatdagi jangi tafsilotlari malum.

U 25 noyabr kuni Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan Riyadh Season musobaqasi doirasida ringga qaytishi mumkin. Malum bo'lishicha, Arturning jamoasi amerikalik Naji Lopes bilan jang o'tkazish bo'yicha muzokara olib bormoqda.

O'sha kungi musobaqaning markaziy jangi Devid Benavides va Entoni Yard o'rtasida kechadi.

Avvalroq, Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov Artur Beterbiev bilan trilogiya 2026 yilga qoldirilishi mumkinligini aytgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: