"Alloh har doim qaytish imkonini beradi. Sen qanchalik yomon bo'lma, farqi yo'q. Agar u o'zgarsa, u holda atrofidagi ko'plab insonlarning hayotiga ijobiy tasir qiladi. SHuning uchun men uning o'zi ixtiyori bilan o'zgarishini xohlayman", – dedi Xabib Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Konor 2018 yil oktyabr oyida jang qilgan. Nurmagomedov o'sha jangda to'rtinchi raundda bo'g'ish usuli orqali g'alaba qozongan edi.