SportUz.Net

UFC on ABC 9 turnirining bonuslari kimlarga nasib etdi?

27.07.2025 10:33    


Rasmni yuklab olish

Bogdan Guskov raqibini nokaut qilgan Abu-Dabidagi UFC on ABC 9 turnirining bonus sohiblari elon qilindi.

Amerikalik yarimengil vazn toifasi vakili Stiven Nguen tashkilotning ikkita rekordini yangilashi ortidan 50 000 dollarlik mukofot puliga ega chiqdi. U birinchi raundning o'zida mezbonlar vakili Muhammad Yaxyoni besh marotaba nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Ikkinchi raundda ham bu holatni yana bir bor takrorladi. Raqibining chap ko'zida dahshatli gematoma xosil bo'lgach, shifokorlar jangni to'xtatishga buyruq berishdi. 

Ham bitta jang, ham bitta raunddagi nokdaunlar soni bo'yicha Nguen UFC rekordini yangiladi. Bundan avvalgi 5 ta nokdaundan iborat rekord Jeremi Stivensga tegishli edi. U 8 yil oldin Gilbert Melendesga qarshi kechgan uch raundlik jangda ushbu rekordni o'rnatgan edi.

Yorqin jang uchun beriladigan ikkinchi bonus rossiyalik yarimo'rta vazn toifasi vakili Muslim Salixovga nasib etdi. 41 yoshli Salixov 42 soniyada braziliyalik Karlos Lealni nokautga uchratdi. O'rta vazn toifasi vakillari SHarabutdin Magomedov va Mark-Andre Barrio o'rtasidagi to'qnashuv esa turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. Har ikki jangchi 50 ming dollarlik bonusni qo'lga kiritishdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: