SportUz.Net

Islam Maxachev Iliya Topuriya bilan jangga tayyor

27.07.2025 13:27    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Islam Maxachev vakant kamarni qo'lga kiritgan Ilya Topuriya haqida berilgan savolga javob berdi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi uni tashkilotning vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchilari reytingining birinchi qatoridan tushirib yuborgan Topuriya bilan bog'liq vaziyatni tushuntirdi.

"Bu marketing. Ular bu jangni qizitish uchun ataylab shunday qilishdi. Odamlarda bunga qiziqish bor, demak, ular to'g'ri yo'ldan ketishyapti. Tabiiyki, biz reytingda birinchi o'rin uchun kurashamiz," - dedi Maxachev UFC Eurasia nashriga bergan intervyusida.

SHuningdek, Maxachev yarimo'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jek Della Maddalenaga qarshi jangini qachon o'tkazishi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berdi.

"Bizda to'qson foizga allaqachon kelishuv bor. Ehtimol, noyabrda," - dedi Maxachev.

Malumotlarga ko'ra, Maxachev va Della Maddalena o'rtasidagi jang noyabr oyida Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'ladi. Liga rahbari Dana Uayt allaqachon rossiyalik chempionlik kamarini qo'lga kiritsa, uning gruziyalik jangchi bilan super jangi tashkil etilishini aytgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: