SportUz.Net

Odilxon yana Octagon League'da jang qilishi elon qilindi, sana va manzil ham aniq

29.07.2025 08:51    


Rasmni yuklab olish

16 avgust kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi ASP Arena majmuasida MMA bo'yicha Octagon 77 turniri o'tkaziladi.

Liga matbuot xizmatining malum qilishicha, turnir doirasida qozog'istonlik Erkebulan Toktar, o'zbekistonlik Odilxon Kamolov va Tojikiston vakili Kamil Karate jang qiladi. Hozircha ularning raqiblari elon qilinmagan.

Yodingizda bo'lsa, shu yilning aprel aprel oyida Erkebulan Toktar Olma-Ota shahridagi Liganing matbuot anjumani paytida Odilxon Kamolov bilan janjallashib, unga tarsaki tushirgandi. SHundan keyin Octagon League ikki sportchini uch oy muddatga diskvalifikaciya qilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: