SportUz.Net

Isroil Madrimov rossiyalik Jahon chempioni bilan jang qilish istagida - manba

29.07.2025 16:39    


Rasmni yuklab olish

Boxing Scene nashri jurnalisti Lens Pagmayr prof boksning super yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha sobiq chempion Isroil Madrimov haqida malumot berdi.

Pagmayrning so'zlariga ko'ra, Isroil yana bir-ikkita jangdan keyin IBF kamari sohibi Baxram Murtazalievga qarshi ringga ko'tarilish niyatida.

"Isroil Madrimov Krouford va Ortis bilan jangda orttirib olgan burnidagi va boshqa jarohatlardan tiklanmoqda. Reja bo'yicha u bir yoki ikkita jang o'tkazib, keyin super yarim o'rta vaznda IBF chempioni Baxram Murtazalievga qarshi chiqmoqchi", deb yozgan Pagmayr o'zining X sahifasida.

Malumot uchun, 30 yoshli Xorazmda tug'ilgan Isroil Madrimov prof faoliyati davomida 13 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 32 yashar rossiyalik Baxram Murtazaliev hisobida esa birorta mag'lubiyatsiz 23 ta g'alaba mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: