SportUz.Net

Bahodir Jalolov 9 avgust kuni AQSHda jang qiladi - BocRec

30.07.2025 09:45    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik super og'ir vaznli bokschi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi bo'yicha malumot berildi.

BoxRec internet portalining xabar berishicha, Big Uzbek 10 avgust tongida AQSHning Kaliforniya shtati, Pomona shahrida joylashgan Fox Theater Pomona majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomi doirasida ringga ko'tariladi.

Hozircha unga kim raqib bo'lishi ko'rsatilmagan.

Jalolov aslida, 27 iyul tongida Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" arenasi mezbonlik qilgan turnir doirasida italiyalik Janmarko Kardilo bilan jang qilishi kerak edi, biroq bu bahs raqibning sog'lig'idagi muammolar sabab bekor qilingandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: