SportUz.Net

Bahodir Jalolov: "O'ylaganimdek bo'lmadi... Biz davom etamiz!"

28.07.2025 16:03    


Rasmni yuklab olish

Bahodir Jalolov 27 iyul kungi jangi bekor bo'lganiga izoh qoldirdi.

U 27 iyul kuni Nyu-Yorkda italiyalik Janmarko Kardilo bilan jang qilishi kerak edi. Ammo raqib tibbiy sabablarga ko'ra jangda qatnasha olmasligi malum bo'ldi. 

Bahodir Jalolov bu haqida AQSHga ketish chog'ida, samolyotda xabar topgandi. 

"O'ylaganimdek bo'lmadi. Balki aynan shunisi kerakdir. Taqdir biz bilmagan yo'llardan olib boradi... Biz yurishda davom etamiz", - deya munosabat bildirdi Bahodir Jalolov ushbu holatga. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: