SportUz.Net

UFC AbuDhabi. Bogdan Guskovda nokautli g'alaba, Almabaev ham yutdi va turnirning barcha natijalari bitta sahifada

27.07.2025 03:09    


Rasmni yuklab olish

Abu-Dabidagi "Etihad Arena"da UFC on ABC 9 turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu turnir doirasida hamyurtimiz Bogdan Guskov rossiyalik Nikita Krilovga qarshi jang qildi va g'alabaga erishdi.  

Kechaning markaziy jangida esa Robert Uittaker Rene de Ridderga imkoniyatni boy berdi.  


Turnirda qayd etilgan natijalar bilan ushbu sahifa orqali tanishing:  

Asosiy kard:

Robert Uittaker — Rene de Ridder - De Ridder ochkolar evaziga g'alaba qozondi;

Pyotr Yan — Markus Makgi - Pyotr Yan ochkolar evaziga g'alaba qozondi;

SHarabutdin Magomedov — Mark-Andre Barrio - Magomedov ochkolar evaziga g'alaba qozondi;

Asu Almabaev — Xose Ochoa - Almabaev ochkolar evaziga g'alaba qozondi;

Nikita Krilov — Bogdan Guskov - Guskov 1-raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi;


Prelim kard:

Brays Mitchell — Said Nurmagomedov - Mitchel ochkolar evaziga g'alaba qozondi;

Muslim Salixov — Karlos Leal - Salixov 1-raundda raqibini nokaut qildi;

Deyvi Grant — De’Mon Blekshir - Grant ochkolar evaziga g'alaba qozondi;

Amanda Ribas — Tabata Richchi - Richchi 2-raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi; 

Ibo Aslan — Billi Elekana - Elekana ochkolar hisobiga ko'ra g'alabaga erishdi;

Muhammad Yahyo — Stiven Nguen - Nguen 2-raundda texnik nokaut evaziga g'olib bo'ldi;

Martin Buday — Markus Almeyda - Martin Buday ochkolar evaziga g'alaba qozondi;


Jangni Telegramdagi Universal Sport kanalida tomosha qilishingiz mumkin. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: