SportUz.Net

Guskov, Uittaker, "Gladiator" va boshqa UFC on ABC 9 turniri jangchilari media tadbirlarni boshlashdi + FOTO

22.07.2025 17:57    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 26 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC on ABC 9 turniri bo'lib o'tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida yarimog'ir vazn toifasi reytingida 14-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Bogdan Guskov ukrainalik Nikita Krilovga qarshi oktagonga chiqadi. Oqshomning asosiy jangida esa o'rta vaznda sobiq UFC chempioni Robert Uittaker hamda ONE Championship sobiq chempioni Rene de Ridder o'zaro to'qnash keladi.

Bugun UFC on ABC 9 turniri doiraisda media tadbirlar boshlandi. Jangchilar musobaqaning rasmiy posteriga o'z imzolarini qo'yishdi.   

UFC on ABC 9 turnirining to'liq kardi:

Asosiy kard

Robert Uittaker (Avstraliya) – Rene de Ridder (Niderlandiya)

Pyotr Yan (Rossiya) — Markus Makgi (AQSH)

Brays Mitchell (AQSH) — Said Nurmagomedov (Rossiya)

SHarabutdin Magomedov (Rossiya) — Mark-Andre Barrio (Kanada)

Nikita Krilov (Ukraina) — Bogdan Guskov (O'zbekiston).

Prelim kard

Amanda Ribas (Braziliya) — Tabata Richchi (Braziliya)

Muslim Salixov (Rossiya) — Karlos Lil (Braziliya)

Ibo Aslan (Turkiya) — Billi Elekana (AQSH)

Markus Almeyda (Braziliya) — Martin Buday (Slovakiya)

Mohammed Yahya (BAA) — Stiven Nguyen (AQSH)

Deyvi Grant (Angliya) — Da’Mon Blekshir (AQSH).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: