SportUz.Net

Ankalaevning menejeri Pereyra bilan revansh qachon bo'lishini aytdi

22.07.2025 16:18    


Rasmni yuklab olish

Magomed Ankalaev va Aleks Pereyra o'rtasidagi revansh jang oktyabr oyida bo'lib o'tishi kutilayapti.

Bu haqida Ankalaevning menejeri Rizvan Magomedov aytib o'tdi.

"Katta ehtimol bilan, Ankalaev va Pereyra o'rtasidagi revansh jang oktyabrda bo'ladi. Hozircha rasmiy shartnoma yo'q — jang tayinlanmagan. Lekin bizga shunday malum qilingan va biz shu yo'nalishda tayyorgarlik ko'ryapmiz. Kamarni himoya qilishga tayyorgarlik boshlangan.

Agar raqib Pereyra bo'lsa – yaxshi. U qiziqarli va taniqli raqib. Unga qarshi yanada kuchliroq va ishonchliroq jang o'tkazish mumkin. Agar boshqa birov bo'lsa ham — bu muammo emas. Juda katta farq yo'q.

Hozircha bizning qo'limizdagi malumot — Pereyraga qarshi jang. Biz raqib tomoni bilan aloqada emasmiz. UFCdan olingan malumot asosida ish olib boryapmiz", — dedi Ankalaevning menejeri Rizvan Magomedov.

Eslatib o'tamiz, Ankalaev mart oyida Pereyrani ochkolar evaziga mag'lub etib, UFCning yarim og'ir vazndagi chempioniga aylangan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: