SportUz.Net

"Biz qotillik uchun sudlanishimiz mumkin". Usikning menejeri qanday holatda Jeyk Polga qarshi jang bo'lishini aytdi

22.07.2025 13:57    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Usikning menejeri Egis Klimas bokschining Jeyk Pol bilan jang o'tkazishi ehtimoli haqida fikr bildirdi.

"Boks qoidalari bo'yicha jang — umuman muhokamaga arzimaydi. CHunki unda biz "qotillik uchun" sudlanishimiz mumkin (kuladi). Usikni Polga qarshi boks ringiga chiqarish mumkin emasligini tushunamiz. 

Biroq mening bilishimcha, Djeyk Pol yaxshi kurashchi va unda muayyan darajada MMA ko'nikmalari bor. SHuning uchun faqatgina MMA qoidalari bo'yicha jang — ideal variant bo'lar edi", — dedi Klimas Boxing King Media'ga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: