SportUz.Net

UFC on ESPN 70 jangchilari taroziga chiqishdi

12.07.2025 10:30    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Neshvill shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC on ESPN 70 turniri kardida jami 12 ta jang o'rin olgan bo'lib, oqshomning asosiy to'qnashuvi og'ir vaznda o'tkaziladi. Unda chempionlik kamari uchun sobiq davogar amerikalik Derrik Lyuis braziliyalik Tallison Teysheyraga qarshi oktagonga chiqadi. 

Malumot uchun, Tallison 8 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. Tajribali Derrik hisobida 28 g'alaba va 12 mag'lubiyat bor. Prelim kard doirasida jang qiluvchi CHidi Ndjokuani tarozida yarimo'rta vazn meyorini bajara olmadi. Endi u o'z gonorarining 20 foizini raqibi Jeyk Mettyusga beradi. 

UFC on ESPN 70 tarozi natijalari:

Derrik Lyuis (118,38 kg) — Tallison Teysheyra (117,48 kg);

Stiven Tompson (77,33 kg) — Gabriel Bonfim (77,56 kg);

Kelvin Kattar (66,22 kg) — Stiv Garsiya (66,22 kg);

Neyt Landver (66,22 kg) — Morgan SHare (66,22 kg);

Vitor Petrino (112,94 kg) — Ostin Leyn (111,13 kg);

Djunior Tafa (93,44 kg) — Tuko Tokkos (93,44 kg);

Maks Griffin (77,22 kg) — Kris Kyortis (77,33 kg);

Jeyk Mettyus (77,33 kg) — CHidi Ndjokuani (77,79 kg)*;

Loren Myorfi (57,15 kg) — Eduarda Moura (57,15 kg);

Kennedi Nzechukvu (107,95 kg) — Valter Uoker (110,9 kg);

Mitch Ramirec (70,76 kg) — Mayk Devis (70,42 kg);

Fatima Klayn (52,38 kg) — Melissa Martinec (52,61 kg).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: