SportUz.Net

Jangi bekor bo'lgan Ramazon Temirov Turkiyaga keldi (FOTO)

12.07.2025 17:54    


Rasmni yuklab olish

UFC`dagi aralash yakkakurash ustamiz mashg'ulotlarni Tailandda olib borayotgandi.

Ramazon Temirov 26 iyul kuni Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida qozog'istonlik Asu Almabaev bilan jang qilishi kerak edi.

Ammo Temirovning qon tarkibida dopingga oid moddalar aniqlangani sabab, Ramazon jangdan chetlatilgandi. Temirovga nisbatan qanday jazo qo'llanishi hozircha nomalum.

Ramazon ayni kunlarda Turkiyada bo'lib turibdi. Bu haqda u o'zining Instagram sahifasi orqali malum qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: