SportUz.Net

Tasdiqlandi! Xotambek Boynazarov chempionlik kamarini sobiq UFC jangchisidan himoya qiladi + POSTER

12.07.2025 15:48    


Rasmni yuklab olish

24 iyul kuni Abu-Dabi (BAA) shahridagi Space 42 Arena majmuasida MMA bo'yicha UAE Warriors 62 turniri tashkil etiladi.

Avval xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, yarimo'rta vazn toifasida Liga chempioni Xotambek Boynazarov ham oktagonga ko'tariladi. Tashkilotchilarning elon qilishicha, Boynazarovga o'sha kuni perulik Jeyms Lontop raqib bo'ladi.

Takidlash joiz, Xotambek Boynazarov prof faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. U o'tgan yilning oktyabr oyida o'tkazgan so'nggi jangida ozarbayjonlik Tagir Abdullaevni ochkolar hisobiga ko'ra engib, yarim o'rta vaznda UAE Warriors chempioniga aylangandi.

25 yoshli Lontop 2023 yilda Dana Uayt davogarlar seriyasida g'alaba qozonib, UFC'ga o'tgan va u erda o'tkazgan uchta jangining barchasida mag'lub bo'lib, Ligadan ketgan. Uning hisobida jami 16 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: