Lekin amerikalikning aytishicha, uning raqiblari orasida "El Matador" eng kuchli zarba sohibi emas.
"Mendan Topuriyaning zarbasi qanchalik kuchli deb so'rashadi? Qafasda bo'lgan paytim haqiqaan ham uning zarbalari kuchlidek tuyulgandi. Lekin keyinchalik tahlil qilib ko'rsam, u eng kuchli zarbachi emasligiga amin bo'ldim. Taqqoslaydigan bo'lsam, Jastin Getjining zarbalarini rostan ham tanam his qilgandi. Ayniqsa, uning oyoq zarbalari kuchli. Iliyaning o'sha zarbasi muvaffaqiyatli chiqib qolgandi. Ammo bu bilan uning zarbalari kuchsiz degan fikrni bildirishdan yiroqman", – dedi Maks Stake nashriga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Maks Xollouey bir haftadan so'ng, 19 iyul kuni Yangi Orleanda o'tkaziladigan UFC 318 turnirida oktagonga qaytadi. O'sha kuni u turnirning asosiy jangida o'ziga tegishli BMF kamarini Dastin Poredan himoya qiladi.