SportUz.Net

Oltinoy Jahon kubogi sovrindori, Navbahor 1/2 finalga chiqdi

05.07.2025 11:45    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha World Boxing Jahon kubogi davom ettiriladi.

Musobaqaning navbatdagi kuni uch nafar bokschimiz o'z janglarini o'tkazdi. Eng og'ir (+80 kg) vazndagi vakilamiz Oltinoy Sotimboeva final yo'llanmasi uchun kechgan murosasiz jangda qozog'istonlik Eldana Talipovaga hakamlarning qaroriga ko'ra 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, Jahon kubogining bronza medali bilan taqdirlanadigan bo'ldi. 

-51 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sabina Boboqulova 1/4 finalda finlyandiyalik Pila Kaivo-Ojaga 0:5 hisobida yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Navbahor Hamidova (-65 kg) esa braziliyalik Beatriz Oliveyrani 5:0 hisobida engib, 1/2 finalga yo'l oldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: