Eslatib o'tamiz, yarimo'rta vazn toifasi chempioni Jek Della Maddalena o'z unvonini Islom Maxachevga qarshi jangda himoya qiladi. Jangchilar o'rtasidagi bahs noyabr oyida Nyu-Yorkdagi turnirda bo'lib o'tishi kutilmoqda.
"Ideal holda, Islam Maxachev chempion bo'lishini istardim, UFC esa menga yarimo'rta vazn toifasiga ko'tarilib, uchinchi kamarni qo'lga kiritishimga ruxsat beradi. Men har doim aytganman, agar kimdir buni uddalagan bo'lsa, men ham qila olaman. Agar buni hali hech kim bajarmagan bo'lsa, unda aynan men birinchi bo'laman. SHuning uchun men bu onlarni intiqlik bilan kutaman", dedi Topuriya.
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"