SportUz.Net

O'zbek bokschilari okean ortida mashg'ulotlarni davom ettirishyapti (FOTO)

05.07.2025 17:18    


Rasmni yuklab olish

Ayni kunlarda uch nafar hamyurtimiz Amerika Qo'shma SHtatlarining Kaliforniya shtatida shug'ullanmoqda.

Ular Otabek Xolmatov, Murodjon Ahmadaliev va Botir Ahmedov.

Hozircha faqatgina Ahmadalievning keyingi raqibi va jang sanasi rasman tasdiqlangan. U 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida ikkinchi eng engil vaznning mutlaq chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue bilan to'qnash keladi.

Xolmatov so'nggi jangini joriy yil aprel oyida Qozog'istonda filippinlik Jeyson Kanoyga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongandi. Botir Ahmedov esa oxirgi marta o'tgan yilning noyabr oyida Ar-Riyodda Riyadh Season tadbirlari doirasida taniqli Oskar Duarte bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: