SportUz.Net

"Konor bo'lmaganida Xabib dunyo yulduziga aylanmagan bo'lardi" - Korme

05.07.2025 08:48    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Daniel Korme Konor Makgregor haqida o'z fikrini bildirdi.

"Ko'pchilik nega mening Konor bilan yaxshi munosabatda ekanimni so'raydi. Bu qisman Xabib va Konor o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq. Men Makgregorni Xabibni "yaratgan" inson sifatida hurmat qilaman. Agar Konor bo'lmaganida, Xabib dunyo darajasidagi yulduzga aylanmagan bo'lardi.

Menimcha, Topuriya va Maxachev ham bir-birlari uchun shunday shaxslar bo'la oladi. Bir-birlarini yoqtirmasalar ham, yangi bosqichga chiqish uchun bir-birlariga muhtoj. Men Makgregorni Xabibga yordam bergani uchun qadrlayman. Ular jang qilgunicha Xabib faqat MMA darajasida mashhur edi. Makgregorni engganidan so'ng esa u butun dunyoga tanildi", — dedi Korme.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: