"Islam to'g'ri qaror qabul qildi — vaznni ko'tardi. Agar unga Jastin Getji yoki boshqa raqib berilganida, u engil vaznda qolgan bo'lardi. Lekin men vaznni ko'tarishni qaror qilganimda, hammasi o'zgardi. U "tavakkal qilmayman, yarim o'rta vaznga o'taman va yana bir kamarni olishga harakat qilaman" deb o'yladi.
Hammasi shu. Islam mening xavfli ekanimni biladi. U men uni uxlatishimni biladi. Xabib Nurmagomedov ham shunday bo'lishini tushunib turibdi. Ular men Islamni mag'lub etishimni biladi — shuning uchun ham bu jangni bo'lishini xohlashmaydi", – dedi UFC'ning engil vazn toifasidagi chempioni Iliya Topuriya.