SportUz.Net

Jahon kubogi. Ilk kunni bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat bilan boshladik, bugun yana uch hamyurtimiz ringga chiqadi

01.07.2025 09:57    


Rasmni yuklab olish

Kecha Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha World Boxing Jahon kubogi start oldi.

Musobaqada O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Dastlabki kungi bellashuvlar doirasida ikki vakilamiz bahslarda ishtirok etib, yakunda bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etishdi.

51 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Sabina Boboqulova Angliya terma jamoasi azosi Kelsi Oaklini 4:1 hisobida dog'da qoldirib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Sitora Turdibekova (60 kg) esa turkiyalik Gizem Ozer bilan bahsda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Musobaqaning bugungi kuni doirasida ringga chiqadigan bokschilarimiz:

-54 kg: Feruza Kazakova - Anel Sakish (Qozog'iston) 14:00

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Vu SHi-Yi (Xitoy Taypeyi) 19:00

-75 kg: Aziza Zokirova - Olivia Toborek (Polsha) 20:00.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: