Musobaqadan o'rin olgan navbatdagi bahs malum bo'ldi.
Tashkilotchilarning xabar berishicha, turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Avliyoxon Hamidov Qirg'iziston vakili Nuristan Bakitbek Uuluga qarshi to'qnash keladi. Bellashuv yarim engil vazn toifasida o'tkaziladi.
Malumot o'rnida, 34 yoshli Avliyoxon Hamidov hozirga qadar 20 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba, 7 ta mag'lubiyat va 1 ta durangni o'z hisobiga yozdirgan. Nuristan Bakitbek Uulu hisobida esa 6 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Octagon 75 turnirining markaziy jangi hamyurtimiz Azamat Nuftillaev va rossiyalik Daniyal Elbaev o'rtasida og'ir vazn toifasidagi vaqtinchalik kamar uchun bo'lib o'tadi.
WBA reytingi yangilandi: SHahram va Bektemir birinchi o'rinda qoldi. Qolganlarning o'rni qanday?