SportUz.Net

Pantoja Joshua Van bilan dekabr oyida jang qilishga tayyor

01.07.2025 13:42    


Rasmni yuklab olish

O'ta engil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Pantoja dekabr oyida Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan turnirlardan birida Joshua Vanga qarshi jang o'tkazishi mumkinligini aytdi.

"Dekabr, qani olg'a. Men Las-Vegasda jang qilishni yaxshi ko'raman. Divizionimdagilar och, garchi ko'pchilik mening hamma bilan jang qilib bo'lganimni aytishsa ham, yaxshi nomlar haligacha bor. Hali ham Manel Kape, Amir Albazi, Moreno bilan jang qilishni xohlayman. O'z divizionimda jang qilishni yaxshi ko'raman", dedi Pantoja.

29 iyun kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tgan UFC 317 turnirining markaziy bellashuvida Pantoja Kay Kara-Frans ustidan muddatidan avval g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: