SportUz.Net

Islam Maxachev Topuriya - Oliveyra jangiga taxmin berdi

26.06.2025 18:30    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Islam Maxachev Iliya Topuriya va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi chempionlik jangi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Barchasi kim o'z jang rejasini amalga oshira olishiga bog'liq. Agar CHarlz Topuriyani erga yiqita olsa, u erda uni osonlikcha yakunlashi mumkin. Agar Topuriya uni ursa — u uxlab qoladi.

CHarlzda imkoniyat bor, juda katta imkoniyat. U har doim zarbaga asoslangan jangchilarga qarshi yaxshi jang qiladi — Pore yoki CHendler bo'ladimi, farqi yo'q. Ikkalasining ham zarbasi kuchli. Ikkalasi ham "stoyka"da juda yaxshi. Ammo agar siz CHarlzga hatto ozgina imkoniyat bersangiz, u finish qilishi mumkin. CHarlz har doim xavfli. Men bu jangni 50/50 deb hisoblayman", - dedi Maxachev. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: