SportUz.Net

UFC Aspinall uchun jang tashkil etish borasida ishlamoqda, davogar malum

26.06.2025 17:48    


Rasmni yuklab olish

UFC og'ir vazn toifasi jangchisi Siril Gan Tom Aspinallga qarshi jangni tashkil etish uchun UFC allaqachon harakatni boshlaganini malum qildi.

Eslatib o'tamiz, UFC prezidenti Dana Uayt Boku turniridan keyingi matbuot anjumanida Aspinallni promoushenning to'liq chempioni deb elon qilgan edi.

"Mening menedjerim matchmeykerlar va Hanter Kempbell bilan gaplashdi. Bilamanki, ular Tom Aspinall bilan jangni tashkil qilish ustida ish boshlashgan. Biz aloqadamiz.

Hozircha hech narsa rasman tasdiqlanmagan, shuning uchun keyingi muzokaralarni kutyapmiz. Hali jang joyi va sanasi aniq emas. Ammo ishonamanki, bu jang albatta bo'ladi», — dedi UFC og'ir vazn toifasi vakili Siril Gan.

Gan (13-2) so'nggi jangini dekabr oyida o'tkazgan va unda Aleksandr Volkovni hakamlarning qarori bilan mag'lub etgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: