"To'g'risini aytsam, Jon Jons faoliyatini bir necha yil oldin - ikkinchi kamarni olgan paytidayoq yakunlashi kerak edi. Ammo u hammani — barcha MMA muxlislarini kuttirib qo'ydi. Hamma Jon Jons va Aspinall jangini ko'rishni xohlagan edi. Men uchun ham bu hozirgi paytdagi eng qiziqarli janglardan biri — Jon Jonsga qarshi Aspinall. Ammo Jon — u afsona. U MMA dunyosidagi eng mashhur nomlardan biri. Agar u jang qilmoqchi bo'lmasa — hech kim uni majburlay olmaydi. U MMAda kerakli hamma narsani qildi", — dedi Maxachev MMAJunkie nashriga bergan intervyusida.
"Oktagonning polini sening yuzing bilan artaman" - Carukyan Topuriyaga murojaat qildi