"Nega yo'q? Men 77 kg vaznda jang qiladigan yigitlar bilan sparring qilganman va ular bilan o'zimni juda yaxshi his qilganman. Raundlarimiz juda raqobatli o'tgan. Men har qanday insonni ustunlik bilan engishim va nokaut qilishim mumkin, deb his qilaman. Ayniqsa o'rtada dunyoning eng zo'r jangchisi nomi turgan bo'lsa.
Agar ko'chada birov xotinim haqida bir nima desa, uning vazni, bo'yi, qo'l uzunligini so'ramayman — borim bilan qarshi chiqaman. Maxachev holatida esa menga pul to'lashadi, yana bir chempionlik kamari ham qo'lga kiritaman. U holda nega tavakkal qilmasligim kerak?" - dedi Topuriya.
"Oktagonning polini sening yuzing bilan artaman" - Carukyan Topuriyaga murojaat qildi