Musobaqadan o'rin olgan navbatdagi bahs elon qilindi. Unga ko'ra, yarimo'rta vazn toifasida faoliyat yurituvchi rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Rinat Faxretdinov turnir doirasida SHveciya vakili Andreas Gustafsson bilan to'qnash keladi.
UFC Paris turnirining markaziy jangi Franciya vakili Nassurdin Imavov hamda braziliyalik Kayo Borralo o'rtasida kechadi. Ushbu jang davogarlik maqomida bo'lib, g'olib chempionlik kamari uchun oktagonga chiqish huquqini qo'lga kiritadi.
Malumot uchun, 33 yashar Rinat Faxretdinov faoliyati davomida 25 ta jang o'tkazib, 23 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U o'z vaqtida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev bilan jang qilishi kerak bo'lgan, biroq bahs bekor qilingan. 34 yoshli Andreas Gustafsson hisobida esa 12 ta g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.
"Oktagonning polini sening yuzing bilan artaman" - Carukyan Topuriyaga murojaat qildi