SportUz.Net

UFC Baku turnirining 200 ming AQSH dollar miqdoridagi bonusi atigi ikki sportchiga berildi

22.06.2025 09:27    


Rasmni yuklab olish

Kecha tunda Ozarbayjonning Baku shahrida MMA bo'yicha UFC Fight Night turniri o'tkazildi.

Oqshomning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasidagi sobiq chempion Jamal Xill kamar uchun sobiq davogar Xalil Rauntri bilan to'qnash keldi. To'liq besh raund davom etgan jangda Rauntri ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi.

Odatda turnirning to'rt nafar jangchisiga kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 ming dollarlik bonus taqdim etiladi. Bu safar bor yo'g'i ikki jangchi bonus, yani mukofot pulidan nasibador bo'ldi. Nazim Salixov va Nikolas Motta ikkala nominaciyada ham bonusga ega chiqishdi. 

Eng yaxshi jang uchun — Nazim Sadixov va Nikolas Motta

Eng yaxshi ishtirok uchun — Nazim Sadixov va Nikolas Motta.

Malumot uchun, yuqoridagi bahsda Sadixov ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: