SportUz.Net

Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisida ikkinchi g'alabasiga erishdi

20.06.2025 16:27    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks bo'yicha WBC Gran-prisining navbatdagi bosqichi boshlandi.

To'rtta divizionda tashkil etilayotgan Gran-prining bugungi bellashuvlari doirasida super engil vazn toifasida o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Mujibillo Tursunov ringga ko'tarildi.

Hamyurtimizga Argentina vakili Alan Ezikel Dutra raqiblik qildi.

Ahamiyatlisi, 6 raundlik bellashuv to'liq davom etib, yakunda Mujibillo ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi. Bu g'alaba orqali Tursunov WBC Gran-prisining chorak final bosqichi chiptasini qo'lga kiritdi.

Endilikda Andijonda tug'ilgan Mujibillo Tursunov hisobida 7 ta jangda qo'lga kiritilgan 7 ta g'alaba mavjud. Alan Dutra esa bugun faoliyatidagi 16-jangida ilk bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: