Ushbu turnirda PFL Gran-prisining finalchilari aniqlandi. Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida rossiyalik Gadji Rabadanov hamda amerikalik sobiq UFC jangchisi Kevin Li o'rtasida kechli. Jang birinchi raundning 2-daqiqasi 37-soniyasida referi tomonidan to'xtatildi. Rabadanov nomdor raqibii nokautga uchratib, PFL Gran-pri finaliga yo'l oldi.
Gadji Rabadanovning finaldagi raqibi Alfi Devis bo'ladi. Angliyalik aralash yakkakurash ustasi uch raund to'liq davom etgan jangda amerikalik Brent Primusni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi.
SHuningdek, Gran-pri turniri doirasida o'tkazilgan 1/2 final janglarida braziliyalik Marsirli Alves hamda amerikalik Jastin Vetcell mos ravishda Jeyk Xedli va Mendo Gutierrezni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratishdi. Amerikalik ayol jangchilar Liz Karmush va Jen Bishop ham final masalasini ijobiy hal qilishdi.
Rossiyalik Magomed Magomedov Tojikiston vakili Sarvarjon Hamidovni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi. Amerikalik Archi Kolgan hakamlarning yakdil qarori bilan francuz Mansur Barnauidan ustun keldi va chempion Usman Nurmagomedovning kamari uchun rasmiy davogarga aylandi.
PFL World Tournament 6 turnirining barcha natijalari:
Gadji Rabadanov Kevin Lini texnik nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, 2:37
Liz Karmush Elora Danni ochkolar bo'yicha yutdi (30-27, 30-27, 30-27)
Archi Kolgan Mansur Barnauini ochkolar bo'yicha mag'lub etdi (30-27, 30-27, 30-27)
Marsirli Alves Jeyk Xedlini ochkolar bo'yicha taslim etdi (30-26, 30-26, 30-26)
Alfi Devis Brent Primusdan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)
Jastin Vetcell Mendo Gutierrezni engdi (30-27, 30-27, 30-27)
Jen Bishop Ekaterina SHakalova sabmishn evaziga yutdi – 2-raund, 2:07
Magomed Magomedov Sarvarjon Hamidovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)
Vinishius Senchi Toni Karusoni sabmishn (uchburchak) evaziga engdi – 1-raund, 1:43
Derra Kelli Mayk Xemil sabmishn bilan yutdi – 3-raund, 3:09
Ilara Joanne Sara Orozkodan ustun keldi (29-28, 30-27, 30-27)
Nikolas Mek Alan Domingezni sabmishn bilan taslim etdi – 1-raund, 4:10